Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » De Bryuynening agenti pulni o‘zlashtirishda ayblanib hibsga olindi

De Bryuynening agenti pulni o‘zlashtirishda ayblanib hibsga olindi

Автор: admin

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Kevin De Bryuynening agenti Patrik De Koster Belgiyada qo‘lga olindi, deya yozmoqda Daily Mail.
Manbaning yozishicha, Sen-Jil shahri prokuraturasi 29 yoshli futbolchining arizasiga binoan, so‘nggi yillar davomida agentning faoliyati bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazgan va hibsga olgan. Ma’lum bo‘lishicha, futbol agenti De Koster mablag‘ni o‘zlashtirish va soliqdan qochish bo‘yicha ayblanmoqda. 
Tergov ishi 2019 yil boshida boshlangan bo‘lib, futbolchining «Volfsburg»da to‘p surgan 2013-2014 yillardagi faoliyati davomida agentning moliyaviy ishlari tekshirilgan. Unda futbolchining nemis klubi bilan shartnoma to‘lovlari va boshqa moliyaviy operatsiyalarni soliq qiymati ancha past bo‘lgan Lixtenshteyn davlati orqali amalga oshirgani oshkor bo‘lgan. Ish sudga oshirilgach, futbol agentiga hukm o‘qiladi.
Ma’lumot uchun, De Koster hozirgacha Belgiya chempionati bir qator mahalliy futbolchilarining agenti sanaladi.
88   
Добавить комментарий
Ваше имя: *