Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. «Metallurg» «Mash’al»ni mag‘lub etib, birinchi davrani 6-o‘rinda yakunladi

Superliga. «Metallurg» «Mash’al»ni mag‘lub etib, birinchi davrani 6-o‘rinda yakunladi

Автор: admin

O‘zbekiston chempionati birinchi davrasining so‘nggi turida Bekobodning «Metallurg» klubi Muborakning «Mash’al» jamoasini mag‘lub etdi. Murod Bobojonov va Salamat Qutiboyevning gollariga vohaliklardan Humoyun Murtazoyev javob berdi.
G‘alabadan so‘ng «Metallurg» ochkolarini 22taga yetkazib, 6-o‘ringa chiqib oldi. «Mash’al» esa 16 ochko bilan 8-o‘rinda qoldi.
Superliga, 13-tur
Metallurg – Mash’al 2:1
29 avgust, Toshkent, «Jar» stadioni

Hakamlar: Jasur Muxtorov, Olim Abduvosilov, Oybek Kalaxo‘jayev, Husan Muzaffarov.
Gollar: Murod Bobojonov (5), Salamat Qutiboyev (48) – Humoyun Murtazoyev (40).
Metallurg – 12.Aleksandr Lobanov, 5.Abbos Otaxonov, 7.Doniyor Narzullayev, 8.Salamat Qutiboyev (20.Xudoyshukur Sattorov, 81), 10.Shahzod Ubaydullayev, 11.Murod Bobojonov (9.Mahmud Qudratillayev, 56), 21.Kamoliddin Tojiyev, 23.Abdurahmon Abdulhaqov (14.Abror Toshqo‘ziyev, 75), 27.Ixtiyor Toshpo‘latov, 28.Stanislav Andreyev, 88.Yevgeniy Chumak.
Mash’al – 35.Rahim Davronov, 5.Najmiddin Normurodov, 7.Ifeani Ifeani, 9.Nikita Pavlenko, 10.Sherzod Temirov, 17.Jamoliddin Ubaydulloyev, 18.Abbos Shodmonov (15.Muhammadali Aliqulov, 88), 19.Sardor Abduraimov (6.Sirojiddin Rahmatullayev, 46), 22.Sirojiddin Qo‘ziyev (77.Ibrohim No‘’monov, 74), 23.Samandar Shukurullayev, 29.Humoyun Murtazoyev (14.Ella Ken Armand, 69).
Ogohlantirishlar: Samandar Shukurullayev (17), Humoyun Murtozayev (19), Sirojiddin Qo‘ziyev (68), Yevgeniy Chumak (73).
67   
Добавить комментарий
Ваше имя: *