Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona»ning sobiq murabbiyi: «Umid qilamanki, Messi «Manchester Siti»ga o‘tadi»

«Barselona»ning sobiq murabbiyi: «Umid qilamanki, Messi «Manchester Siti»ga o‘tadi»

Автор: admin

«Barselona»ning sobiq murabbiyi Xuan Karlos Unsue jamoa sardori Lionel Messining Kataloniya klubini tark etish qaroriga o‘z munosabatini bildirdi.
«Agar Messi «Barselona»ni tark etsa, jamoa bilan erishgan muvaffaqiyatlarni, barcha yaxshi xotiralarni saqlab qolishini istardim. Umid qilamanki, u «Manchester Siti»ga o‘tadi. Men buni chin dildan aytyapman. Messi Gvardiola bilan ishlagan davrini qo‘msayotganiga aminman. U Pep qo‘l ostida o‘sgan», – deya Unsuening so‘zlarini keltiradi Stats Perform News.
Avvalroq «shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Kataloniyaga kelgani va Messi bilan uchrashuv belgilagani haqida xabar qilingandi.
95   
Добавить комментарий
Ваше имя: *