Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. OKMK «Buxoro» bilan dramatik o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Superliga. OKMK «Buxoro» bilan dramatik o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Автор: admin

O‘zbekiston chempionatining 13-turidan o‘rin olgan  «Buxoro» – OKMK bahsida jangovar durang qayd etildi. Olmaliqlardan Elguja Grigalashvili va Shahzodbek Nurmatov to‘p kiritishgan bo‘lsa, javob gollari Izzatilla Abdullayev va Ilhom Alijonov hisobiga yozildi. E’tiborlisi, olmaliqliklar 90+5-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi.
Durangdan so‘ng OKMK ochkolarini 29taga yetkazib, birinchi davrani 2-o‘rinda, «Buxoro» esa 7 ochko bilan 13-pog‘onada yakunladi.
Superliga, 13-tur
Buxoro – OKMK 2:2

29 avgust, Toshkent,  «Lokomotiv» stadioni
Hakamlar: Vadim Agishev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov, Farruh Yansupov.
Gollar: Elguja Grigalashvili (36), Ilhom Alijonov (90) – Izzatilla Abdullayev (73), Shahzodbek Nurmatov (90+5).
Amalga oshirilmagan penalti: Yovan Jokich (90+5).
Buxoro – 91.Zafar Safoyev, 4.Mirjalol Jumayev, 5.Bobur Omonov (29.Shahzod Beshimov, 72), 8.Anvar Jo‘rayev, 9.Jasur Hakimov, 11.Zohir Pirimov (77.Izzatilla Abdullayev, 57), 16.Jasur Hasanov, 19.Bekzod Saidov (7.Suhrob Ne’matov, 72), 28.Ergash Ismoilov (66.Ilhom Alijonov, 57), 40.Azizbek Amonov, 98.Solibek Karimov.
OKMK – 32.Suhrob Sultonov, 2.Akmal Shorahmedov, 5.Dilshod Jo‘rayev, 44.Bobur Yo‘ldoshev, 11.Murod Toshmatov, 23.Yovan Jokich, 4.Mirjamol Qosimov (3.Sardor Rahmonov, 79), 18.Bahrom Abdurahimov (10.Shahzod Nurmatov, 79), 17.Sanjar Tursunov (77.Arslonmirat Amanov, 86), 21.Mate Vatsadze (9.Zafar Polvonov, 79), 7.Elguja Grigalashvili (8.Hojimat Erkinov, 85).
Ogohlantirishlar: Yovan Jokich (47), Dilshod Jo‘rayev (57), Bekzod Saidov (71), Zafar Safoyev (87).
71   
Добавить комментарий
Ваше имя: *