Goal24.uz » Transfer » Ronaldu Suaresni “YUventus”da kutmoqda

Ronaldu Suaresni “YUventus”da kutmoqda

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Ronaldu Suaresni “Yuventus”da kutmoqda
 
Turinning “Yuventus” jamoasi a’zosi Krishtiano Ronaldu “Barselona” hujumchisi Luis Suaresni “Yuventus”da ko‘rishni istamoqda.
CDS nashrining ma’lum qilishicha, Ronaldu Suaresning tajribasi YECHLda zafar quchishda yordam berishiga ishonchi komil.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Yuventus”ning Suares bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
Kantening narxi ma’lum
 
Londonning “Chelsi” klubi o‘z futbolchisi – Ngolo Kantening transfer summasini ma’lum qildi.
“Le Gazzeta Della Sport” nashrining ma’lum qilishicha, “Chelsi” “Inter” jamoasining taklifini ko‘rib chiqdi va unga ko‘ra Ngolo Kanteni 50 million yevro evaziga sotib yuborishga tayyor.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Chelsi” Kanteni klubda olib qolish niyatida emas. Shu sababli, uning transferidan kelib tushgan pullarga yangi darvozabon sotib olmoqchi.
“Real” hujumchisi nishonda
 
Madridning “Real” klubi hujumchisi Braim Dias faoliyatini “Milan”da davom ettirishi mumkin.
Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, “Milan” Braim Diasni bir mavsumga ijaraga olishni niyat qilgan.
Manbalarning ma’lum qilishicha, “rossoneri”lar allaqachon Dias bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Agar, futbolchi Milan shahrida o‘zini ko‘rsata olsa, mavsum so‘nggida klub uning transferini to‘liq sotib oladi.
“Lester” Chiluellning o‘rinbosarini izlamoqda

Angliyaning “Lester” klubi “Chelsi”ga transfer qilingan Ben Chiluellning o‘rnini Nikolas Talyafiko bilan to‘ldirishni reja qilmoqda.
Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, “Ayaks” o‘z himoyachisi uchun 40 million yevro talab qilmoqda.
Shuningdek, “tulkilar” shortlistida “Atalanta” qanot himoyachisi Robin Gosensi ham mavjud. “The Sun” nashrining ma’lum qilishicha, “tulkilar” ushbu variantlarning qay birini 30 millionga qo‘lga kirita olsa, o‘sha futbolchini o‘z jamoasiga olib kelmoqchi.
Zanyolo sotilmaydi!

Rimning “Roma” klubi yarim himoyachisi Nikola Zanyola borasidagi ajoyib taklifni rad etdi.
CDS nashrining ma’lum qilishicha, “Tottenhem” Nikolani qo‘lga kiritish uchun 50 million yevro taklif qilgan, biroq “Roma” o‘z futbolchisini sotishdan bosh tortgan.
Eslatib o‘tamiz, Nikola “a seriya”ning 26 ta o‘yinida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol va 12 ta assistni yozdirib qo‘ydi.
“Seltik” hujumchisi APL e’tiborida

Shotlandiyaning “Seltik” jamoasi hujumchisi Odsonn Eduar faoliyatini APLda davom ettirishga juda yaqin turibdi.
“Seltik”ning YECHL saralash uchrashuvlaridagi mag‘lubiyati sababali hujumchi Glazgoni tark etmoqchi.
“The Sun” nashrining ma’lum qilishicha, fransuz hujumchisi bilan APLning birdaniga 6 ta jamoasi qiziqib qolgan. «Lids», «Lester», «Everton», «Aston Villu», «Nyukasl» va «Kristal Pelas» klublari 22 yoshli hujumchi uchun kurashga qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, “Seltik” futbolchisi jamoa tarkibida 84 ta o‘yinda maydonga tushgan va 49 ta gol+15 ta assitga mualliflik qilgan.
205   
Добавить комментарий
Ваше имя: *