Goal24.uz » O'zbekiston » Dilyaver Vaniyev: “Mash’al”ga nima bo‘lganini tushunmay qoldim

Dilyaver Vaniyev: “Mash’al”ga nima bo‘lganini tushunmay qoldim

Автор: admin

“Mash’al” katta murabbiyi Dilyaver Vaniyev Coca-Cola Superliga 13-turi doirasida “Metallurg”ga qarshi kechgan o‘yindagi mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Avvalo, markazlashtirilgan chempionatni tashkilotchilariga, barcha xodimlariga rahmat aytmoqchiman. Stadionlar va boshqa tashkiliy ishlar uchun PFLga tashakkur. Markazlashgan holatda davom ettirilgan chempionatda to‘rtta tur o‘tkazdik. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, bu o‘yinda jamoaga nima bo‘lganini tushunmadim. Bunga sabab sifatida o‘yinni borishini ko‘rsatgan bo‘lardim. Yomon o‘ynadik deya olmayman. Ikkita bo‘lim boshida standart vaziyatlardan gol o‘tkazib yubordik. Mana shu gollar o‘yinimizni izdan chiqardi. Umuman olganda teng o‘yin bo‘ldi, durangga loyiq edik.
Yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmayapmiz? Ma’lum bir qarzdorliklar bor, shu sababli ro‘yxatdan o‘tkazishimiz cho‘zilmoqda.
Mening fikrimcha, Humoyun Murtozayev jismoniy holati borasida ishlashi kerak, ham jamoamizga moslashishi lozim. Oraliqdagi tanaffusda ishlaymiz, ko‘ramiz
Dilyaver Vaniyev, “Mash’al” katta murabbiyi
“Mash’al” birinchi davra yakuniga ko‘ra 16 ochko bilan 8-o‘rinni egalladi. Jamoa keyingi turda “So‘g‘diyona” bilan o‘ynaydi.
131   
Добавить комментарий
Ваше имя: *