Goal24.uz » Jahon » Maoshi baland, foydasi yo‘q yulduzlar

Maoshi baland, foydasi yo‘q yulduzlar

Автор: admin

Uyalmay maosh olayotganlar
Futbol olamida katta maosh olib, jamoasiga foyda keltirmayotgan futbolchilar ham bor ekan. Xorijlik jurnalistlar bugungi kunda ham asosiy maqsadi  mo‘may daromad bo‘lib qolgan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Mesut O‘zil. Germaniyalik futbolchi “Arsenal”dan haftasiga 350 ming funt oladi. O‘tgan mavsum atigi 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi. Mikel Arteta yangi mavsumda uni o‘yinga tushirmasligini bildirgan, klub futbolchini transferga ko‘ndira olmadi, O‘zilning o‘zi asosiy tarkibga loyiq ekanini ta’kidlab, maoshini o‘z vaqtida olmoqda.

Garet Beyl. Haftalik maoshi 350 ming funt bo‘lgan uelslik futbolchi ham asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgan. Zidan uni maydonga tushirmayapti. “Real”dan ketsa, maoshi pasayadigan futbolchi zaxirada o‘tirib ham, daromadini olishni ma’qul ko‘rmoqda. Beyl sport formasini golf o‘ynash bilan ushlab turishga harakat qilmoqda.

Gonsalo Iguain. “Yuventus” hujumidagi barcha ishlarni Krishtianu Ronaldu va Paulo Dibala bajarmoqda. Andrea Pirlo kelishi bilan mehnatga suyagi yo‘q hujumchiga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi. Biroq,  argentinalik hujumchi haftasiga 240 ming funt maoshdan osonlikcha voz kecha olmayapti. Chunki boradigan jamoasida unga buncha pul to‘lashmasligi oydek ravshan.

Kepa Arrisabalaga. Katta umidlar bilan “Chelsi”ga olib kelingan darvozabonning maoshi haqiqatan ham hamkasblarinikidan ancha baland. U haftasiga 150 ming funt oladi. Albatta, dunyoning eng qimmat darvozabonining maoshi ham shunga yarasha bo‘lishi kerak-da. Faqat, bitta lekini bor. Kepaning o‘yini o‘zining narxiga ham, maoshi miqdoriga ham arzimaydi. Londonliklar yulduzlik kasaliga erta duchyor bo‘lgan darvozabondan qanday qutilishni bilmayapti. Arrisabalaga esa hali besh yil davomida shu maoshni olib yurishga tayyor.

Kristian Benteke. Bir paytlar bu belgiyalik hujumchini “Liverpul” o‘sha davr uchun o‘ta qimmat narx – 50 million funtga olgandi. Liverpulliklar jamoa tarkibida atiga o‘nta gol urgan hujumchini tezda haydab yubordi. Unga boshpana bergan kamtargina “Kristal Pelas” kutilmaganda “Liverpul” singari Bentekega haftasiga 120 ming funt to‘lashga rozi bo‘ldi. Londonning bu jamoasi ham hujumchidan kuydi. Benteke uch yil davomida 75 ta o‘yinda atigi oltita gol ura oldi xolos. Lekin maosh olayotganda hamma ishni do‘ndiratib qo‘ygandek, o‘zini xotirjam tutmoqda.  

87   
Добавить комментарий
Ваше имя: *