Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Manba: «Barselona» Messini «Manchester Siti»ga sotishga rozi

Manba: «Barselona» Messini «Manchester Siti»ga sotishga rozi

Автор: admin

«Barselona» argentinalik hujumchisi Lionel Messini «Manchester Siti»ga sotish bo‘yicha qaror qabul qilgan.
Mirror nashri ma’lumotiga ko‘ra, klub o‘z forvardini inglizlar klubiga sotishga rozilik bildirgan. Bu transfer uchun kataloniyaliklar 280 mln yevro olishni mo‘ljallashmoqda. Shuningdek, «Barselona» kelishuv doirasida «Manchester Siti» futbolchilariga qo‘shib 134 mln yevro olish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.
Avvalroq, futbolchining shartnomasidagi 700 million yevro miqdoridagi tovon puli haqidagi punkt amalda emasligi xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Messi «Barselona»ga klubni tark etish istagi haqida ma’lum qilgan. «Manchester Siti» argentinalik futbolchi uchun kurashda asosiy da’vogar hisoblanadi. «Barselona» Lionelni u istaganidek tekinga qo‘yib yuborishni istamagan.
Xabarlarga ko‘ra, «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ayni vaqtda Barselonada bo‘lib turibdi. Ushbu mutaxassis Messi bilan uchrashuv o‘tkazib, uning kelajagini muhokama qilishga kelishgan.
76   
Добавить комментарий
Ваше имя: *