Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Klopp: «Ko‘proq gol urishimiz mumkin edi»

Klopp: «Ko‘proq gol urishimiz mumkin edi»

Автор: admin

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya Superkubogi doirasida «Arsenal»ga (1:1, penaltilar seriyasi – 4:5) qarshi o‘yindan so‘ng fikrlarini bildirdi.
«Hisobni tenglashtirishga loyiq edik. Ko‘proq gol urishimiz ham mumkin edi. Ammo buni uddalay olmadik.
Bunday sxemaga ega jamoaga qarshi o‘ynaganingizda maydonning uchinchi qismida tetiklikni saqlashingiz va raqibni burchakka chiqarib qo‘yishingiz kerak.
Minamino «Liverpul»dagi birinchi golini urishi juda muhim edi. U bizga katta yordam berdi
Bryusterni penaltidan gol ura olmagani uchun ayblamasligingizni so‘rayman. Mag‘lubiyatda kimnidir ayblash kerak bo‘lsa, o‘sha menman», – deya Kloppning so‘zlarini keltiradi BT Sport.
62   
Добавить комментарий
Ваше имя: *