Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» Messi bo‘yicha barcha takliflarni e’tiborsiz qoldirmoqchi

«Barselona» Messi bo‘yicha barcha takliflarni e’tiborsiz qoldirmoqchi

Автор: admin

«Barselona» klubi hamon argentinalik hujumchisi Lionel Messini tarkibda saqlab qolishga umid qilmoqda.
El Mundo Deportivo nashri ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar klubining barcha menejerlariga Messining xizmatlariga qiziqish bildirayotgan har qanday klubning vakillari bilan aloqa qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. «Barselona» vakillari argentinalik futbolchini qo‘lga kiritishni istagan tomonlarning uchrashuvlar bo‘yicha takliflarini rad etishadi hamda telefon qo‘ng‘iroqlariga javob qaytarishmaydi.
28 avgust kuni «Barselona» klubi rahbariyati Messi bilan uning klubdan ketishi masalasini muhokama qilishdan bosh tortgandi. Jurnalistlar ko‘k-anorranglilar klubi bosslari futbolchi bilan uchrashuv o‘tkazishga tayyorligi, lekin bunday uchrashuvda transferni muhokama qilishni istamasliklari haqida yozishgan.
Bundan avvalroq Angliyadagi Mirror nashrida kataloniyaliklar klubi o‘z forvardini «Manchester Siti»ga sotishga rozilik bildirgani, bu transfer uchun kataloniyaliklar 280 mln yevro olishni mo‘ljallashayotgani xabar qilingandi. 
61   
Добавить комментарий
Ваше имя: *