Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
“Barselona”ning nishoni ma’lum

Kataloniyaning “Barselona” jamoasining asosiy nishoni ma’lum.
“Mundo Deportivo” nashrining ma’lum qilishicha, jamoa nishonida “Liverpul” yarim himoyachisi Jojrino Veynaldum turibdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, 29 yoshli futbolchi bilan klub allaqachon muzokaralarni boshlab yubordi.
“Everton” jiddiy kirishdi

Angliyaning “Everton” jamoasi yozda “Napoli” klubi yarim himoyachisi Allan bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
“The Sun” nashrining ma’lum qilishicha, “Everton” 29 yoshli futbolchining transferi uchun 25 million yevro sarf etadigan bo‘ldi.
Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu transferni “Everton” kelasi haftada rasmane e’lon qiladi.
Arsenal” darvozaboni nishonida

Londonning “Arsenal” jamoasi darvozaboni Damian Martines “kononirlar” safini tark etishi mumkin.
“The Athletic” nashrining ma’lum qilishicha, 27 yoshli argentinalik kipper bilan “Lids” jamoasi jiddiy qiziqib qolgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Lids” “Arsenal” darvozaboni uchun 10 million funt taklif qilmoqda.
Orye “bo‘rilar” safiga o‘tmaydi

Londonning “Tottenhem” jamoasi qanot himoyachisi Serj Orye “Vulverhempton” jamoasidan kelib tushgan taklifni rad etdi.
“Rmc Sport" nashrining ma’lum qilishicha, Serj “Milan”dan kelib tushgan taklif sababli APL klubidan kelib tushgan taklifni rad etdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchi allaqachon Milan shahri klubi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan.
Begovich qaytadimi?

Milan shahrining “Milan” jamoasi yangi mavsum oldida “Bormunt” klubi darvozaboni Asmir Begovichni ortga qaytarishni reja qilgan.
“Calcimercato” nashrining ma’lum qilishicha, “rossonerilar” Begovichni harid qilish orqali darvozabonlar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirishni reja qilgan.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Milan” jamoasi asosiy darvozaboni Janluiji Donnarummaning transferi borasida “Chelsi” bilan muzokaralar olib bormoqda.
176   
Добавить комментарий
Ваше имя: *