Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messi «Barsa» bazasiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kelmadi

Messi «Barsa» bazasiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kelmadi

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi klub bazasida koronavirusni aniqlash uchun PSR-test topshirishga kelmadi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, belgilangan vaqtda argentinalik futbolchi tibbiyot muassasasida bo‘lmagan, shu bilan birgalikda, avvalroq OAVda ketishi ma’lum qilingan Arturo Vidal va Luis Suares test topshirishga kelishgan.
Xabar qilishlaricha, Messi kataloniyaliklar rahbariyatini mavsumoldi yig‘inida ishtirok etmasligi haqida xabardor qilgan. U klubi bilan shartnomasi bekor bo‘lgan deb hisoblamoqda.
Bugun, 30 avgust kuni «Barselona» futbolchilari mashg‘ulotlarni boshlashdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishmoqda.
O‘tgan hafta davomida ushbu argentinalik futbolchi klubdan ketishga qat’iy ahd qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ayni vaqtda ushbu futbolchi uchun «Manchester Siti» asosiy da’vogar hisoblanmoqda. «Barselona» Lionel Messini o‘zi istagani kabi tekinga qo‘yib yubormoqchi emas va uning transferi uchun shartnomasida ko‘rsatilgan 700 mln yevroni talab qilmoqda. Futbolchi esa shartnomasida belgilangan punktga ko‘ra klubni erkin agent maqomida tark etishni istamoqda.
101   
Добавить комментарий
Ваше имя: *