Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Germaniyada 2020 yilning eng yaxshi o‘yinchisi va murabbiyi aniqlandi

Germaniyada 2020 yilning eng yaxshi o‘yinchisi va murabbiyi aniqlandi

Автор: admin

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski Germaniyada 2020 yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Kicker'ning yozishicha, g‘olib Germaniya sport jurnalistlari assotsiatsiyasi vakillarining ovoz berishi orqali aniqlangan.
Levandovskiga 525 jurnalistdan 276tasi ovoz berdi. Ikkinchi o‘rin Tomas Myuller (54), uchinchi o‘rin Yozua Kimmixga (49) nasib etdi.
Polshalik hujumchi o‘tgan mavsumda Bundesligada 34ta, Chempionlar Ligasida 15ta gol bilan to‘purar bo‘ldi.
Germaniyaning eng yaxshi murabbiyi deb 223 ovoz to‘plagan  «Bavariya» ustozi Xans-Diter Flik e’tirof etildi. Ikkinchi o‘rinni  164 ovoz bilan «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp egalladi.
65   
Добавить комментарий
Ваше имя: *