Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Gvardiola Barselonadan qaytganidan keyin 2 haftalik karantinda o‘tiradi

Gvardiola Barselonadan qaytganidan keyin 2 haftalik karantinda o‘tiradi

Автор: admin

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining mavsumoldi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.

Gvardiola hozir Kataloniyada bo‘lib turibdi. U "Barselona" hujumchisi Lionel Messi bilan gaplashib, argentinalik futbolchining «Manchester Siti»ga o‘tish masalasini muhokama qilishi kutilmoqda.

"Sky Sports" tarqatgan xabarga ko‘ra, 49 yoshli murabbiy Britaniyaga qaytganidan keyin ikki haftalik majburiy karantinga yo‘l oladi. Britaniya hukumati qabul qilgan qarorga ko‘ra, Ispaniyadan Angliyaga tashrif buyurgan odam karantin muddatini o‘tashi shart.

«Manchester Siti» Angliya chempionatining ilk turini 21 sentyabr kuni «Vulverxempton»ga qarshi o‘tkazadi.
Manba: sport24.ru
63   
Добавить комментарий
Ваше имя: *