Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Suares Messi kabi “Barsa”ga qarshi bosh ko‘tarishga jazm qilolmadi

Suares Messi kabi “Barsa”ga qarshi bosh ko‘tarishga jazm qilolmadi

Автор: admin

U boshqacha yo‘l tutdi
Ronald Kuman “Barselona”ni qabul olishi bilan jamoadan ketadigan futbolchilar ro‘yxatiga Luis Suaresni ham kiritgan edi. Bu xabar tarqalishi bilan dunyoning turli klublari urugvaylik hujumchiga aloqaga chiqa boshladi.
Lekin Luis Suares “Barselona” bilan mojaro kelib chiqmasligi uchun birorta taklifni qabul qilganicha yo‘q. U avval, kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomani bekor qilishga erishmoqchi. Keyin yangi ish joyi haqida muzokaralarni boshlaydi.
Messidan farqli ravishda Suares klub bilan do‘stona aloqalarni saqlab qolgan holda xayrlashmoqchi. Ana shu maqsadda futbolchi garchi kelasi mavsumni boshqa klubda boshlashini bilsa-da, mashg‘ulot oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tish va koronavirusga test topshirish uchun Kuman ixtiyoriga etib keldi.
98   
Добавить комментарий
Ваше имя: *