Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » «Lokomotiv» Aleksey Miranchuk A Seriya klubiga o‘tayotganligini e’lon qildi

«Lokomotiv» Aleksey Miranchuk A Seriya klubiga o‘tayotganligini e’lon qildi

Автор: admin

Moskvaning «Lokomotiv» va Italiyaning «Atalanta» klubi Aleksey Miranchukning A Seriyaga yo‘l olishi borasida kelishuvga erishishdi. Bu haqda Rossiya klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Miranchuk Bergamo klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, transfer haqida rasman e’lon qilinadi. Hozircha transfer qiymati haqida ma’lum qilinmagan.
«Aleksey «Lokomotiv»ni tark etmoqda. U jamoa bilan xayrlashdi. Yarimhimoyachimizning Italiyadagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz», - deyiladi klub xabarida.
Ma’lumot uchun, Miranchuk «Lokomotiv» tarbiyalanuvchisi sanaladi. Aleksey ushbu jamoa asosiy tarkibida 2013 yilda qo‘shilib, sakkiz yil davomida 228 uchrashuvda 43ta gol va 45ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
85   
Добавить комментарий
Ваше имя: *