Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barsa» va Messi o‘rtasidagi mojaroda La liga klub foydasiga xulosa chiqardi

«Barsa» va Messi o‘rtasidagi mojaroda La liga klub foydasiga xulosa chiqardi

Автор: admin

Ispaniya La ligasi «Barselona» va klub sardori Lionel Messi o‘rtasidagi bahsli vaziyatga oydinlik kiritdi.

Xabaringiz bor, argentinalik futbolchi "ko‘k-anorranglilar" safini bepul tark etmoqchi. "Barselona" esa shartnomadagi tegishli bandning muddati o‘tib ketgani bois, o‘yinchining tovon puli haqidagi band kuchga kirganini ta’kidlamoqda.

La Liga e’lon qilgan bayonotda tashkilot klub foydasiga xulosa chiqardi. Xulosada aytilishicha, jamoa va Messi o‘rtasidagi shartnoma hamon o‘z kuchini saqlab turibdi. Shuning uchun Lionel «Barselona»ni faqat 700 million yevro to‘langan taqdirda yoki klub istasa, da’vogar klub bilan muzokara olib borib, uni transfer qilgan holatda tark etishi mumkin. Messi bir tomonlama harakat bilan shartnomani bekor qilishi huquqini yo‘qotgan.

Eslatib o‘tamiz, Messi «Barselona»ning bugungi yig‘iniga kelmadi, tibbiy ko‘rikdan o‘tmadi. U "Manchester Siti"ga o‘tmoqchi.
Manba: sport24.ru
67   
Добавить комментарий
Ваше имя: *