Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Vidal: «Pirlo qo‘ng‘iroq qilsa, xursand bo‘lardim»

Vidal: «Pirlo qo‘ng‘iroq qilsa, xursand bo‘lardim»

Автор: admin

«Barselona» yarimhimoyachisi Arturo Vidal «Yuventus»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabatini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Vidal Turin klubida 2011-2014 yillarda jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Andrea Pirlo bilan o‘ynagan.
«Pirloning «Yuventus» murabbiyga aylangani juda yaxshi. U aql bovar qilmaydigan o‘yinchi edi. Uning qanday murabbiy bo‘lishini tasavvur qilsa bo‘ladi. Andrea o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatishi mumkin. 
Pirlo – ajoyib inson. U bilan birgalikda skudettoni 4 marta yutdik. Agar u menga qo‘ng‘iroq qilsa, xursand bo‘laman», – deya Vidalning so‘zlarini keltiradi Football Italia.
Avvalroq 33 yoshli Vidalning «Inter» bilan kelishuvga erishgani xabar qilingandi.
47   
Добавить комментарий
Ваше имя: *