Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messining transferi Bartomeuning muammolarini hal qilib beradimi?

Messining transferi Bartomeuning muammolarini hal qilib beradimi?

Автор: admin

"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu jamoa sardori Lionel Messi olib qolishga harakat qilayotgan bo‘lsa-da, rahbariyat uchun futbolchini sotish foydali bo‘lishi mumkin.

"The Athletic" nashri yuqori doiradagi manbalarga asoslanib xabar tarqatishicha, "ko‘k-anorranglilar" argentinalik futbolchini sotishdan manfaatdor.

"Siz Bartomeuni yaxshi bilmaysiz. Ishonchim komil, rahbariyat Messining ketishini istamoqda. Bartomeuning prezidentlik davrida klub byudjetida katta moliyaviy tuynuk hosil bo‘ldi. Jamoa bu bo‘shliqni Messini sotish orqali yopmoqchi. Agar Leo 200 millionga sotilsa, shuningdek, uning maoshidan 100 million yevro tejalsa, klub byudjeti barqaror holatga keladi", — deya manba so‘zlaridan iqtibos keltirdi nashr.

Nashr yana bir boshqa manba so‘zlaridan iqtibos keltirdi. U ham yuqoridagi insayderning so‘zlarini tasdiqladi.

"Messining savdosi jamoa qarzlarini yopishga yordam beradi. Shuningdek, Leoning ketishi maoshlar bilan xarajatning kamayishiga olib keladi. Birgina ushbu transfer orqali barchasini yo‘lga qo‘yish mumkin".
Manba: isport.ua
56   
Добавить комментарий
Ваше имя: *