Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Manba: «Barselona» har bir kun uchun Messining maoshini kesadi

Manba: «Barselona» har bir kun uchun Messining maoshini kesadi

Автор: admin

«Barselona» rahbariyati klub ixtiyorida bo‘lmagan har bir kun uchun Lionel Messining maoshini qirqadi. Bu haqda jurnalist Tankredi Palmeri tvitter orqali xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, Messining bir kunlik maoshi 110 ming yevroga teng. 33 yoshli futbolchi har bir sutka uchun shuncha summadan mahrum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Messi «Barselona»ni tark etish istagida jamoaning yangi mavsum uchun boshlangan tayyorgarligiga kelishni istamadi. Hozirda har ikkala tomon huquqshunoslari bahsli vaziyatga yechim topish maqsadida masalani sinchiklab o‘rganishmoqda. O‘z navbatida, La liga klub foydasiga xulosa chiqardi.
Manba: sport24.ru
36   
Добавить комментарий
Ваше имя: *