Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Mojaro barham topadimi? Messining otasi Bartomeu bilan uchrashadi

Mojaro barham topadimi? Messining otasi Bartomeu bilan uchrashadi

Автор: admin

Balki kelishib olishar
Xorxe Messi o‘g‘lining kelajagini muhokama qilish uchun chorshanba kuni “Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu bilan uchrashadigan bo‘ldi. Xorxe Messi tez fursatda Kataloniyaga uchib keladi.
Avvalroq, Kataloniya klubi rahbariyati Messining yuristlari bilan uchrashish taklifini rad qilgan edi.
Bo‘lajak uchrashuvda Xorxe Messi o‘g‘li Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni maqsad qilgan va bunday imkoniyatga ega bo‘lgan qudratli klublarda yangi loyiha etakchisi bo‘lish uchun ketishi lozimligini to‘g‘ri tushuntirishga harakat qiladi.
O‘z navbatida, u Bartomeuni futbolchiga ketish uchun ruxsat berishga ko‘ndirishi kerak. Chunki “Barselona” rahbari Messi bo‘yicha bo‘layotgan takliflarni ko‘rib chiqishdan bosh tortyapti.
92   
Добавить комментарий
Ваше имя: *