Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Kepa «Chelsi»dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi

Kepa «Chelsi»dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi

Автор: admin

«Chelsi» darvozaboni Kepa Arrisabalaga jamoada qolishga qaror qildi, deb yozadi The Sun.
Xabar qilinishicha, Arrisabalaga klub himoyani kuchaytirganidan xursand bo‘ldi. Shu sababli 25 yoshli posbon londonliklar safida qolib, asosiy tarkib uchun kurashishga qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» yozgi transferlar oynasida 3ta himoyachi – Ben Chiluell, Tiago Silva va Malang Sarrni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Avvalroq «ko‘klar» ispaniyalik o‘rniga yangi darvozabon qidirayotgani haqida aytilgandi.
Kepa «Chelsi»ga 2018 yil yozida 80 mln yevro evaziga «Atletik»dan o‘tgan. U o‘tgan mavsumda juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydi va asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi. Uning shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.
114   
Добавить комментарий
Ваше имя: *