Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Vidal: «Dunyoning eng yaxshi jamoasida 13 nafar professional futbolchining bo‘lishi yetarli emas»

Vidal: «Dunyoning eng yaxshi jamoasida 13 nafar professional futbolchining bo‘lishi yetarli emas»

Автор: admin

«Barselona» yarimhimoyachisi Arturo Vidal jamoaning so‘nggi yillardagi qoniqarsiz natijalari haqida gapirdi.
«So‘nggi 3 yil davomida biz «Barselona» bo‘lishi kerak jamoa emasdik. Dunyoning eng yaxshi jamoasida 13 nafar professional futbolchi bo‘lishi yetarli emas. Faqat DNK bilan g‘alaba qozonib bo‘lmaydi.
Messi – jahonning eng yaxshi o‘yinchisi, o‘zga sayyoralik. Ammo yaxshi natijalarga erishish uchun unga yordam kerak.
O‘yinchilarni «sotqin» deb atashlarini tushunmayman. Bu – jirkanch holat. Agar o‘yinchi ketishni xohlasa yoki uni sotmoqchi bo‘lsangiz, unga jamoa toping. Bu haqda jar solish shart emas. Hammani hurmat qilish kerak», – deydi Vidal YouTube'da bergan intervyusida.
57   
Добавить комментарий
Ваше имя: *