Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Tonali A Seriyaning qaysi klubiga o‘tishi oydinlashmoqda

Tonali A Seriyaning qaysi klubiga o‘tishi oydinlashmoqda

Автор: admin

«Milan» «Breshia» yarimhimoyachisi Sandro Tonalini ijaraga olish borasida kelishuvga erishdi, deb yozadi Football Italia.
Ijara narxi 10 mln yevroni tashkil etadi. Shuningdek, «Milan» futbolchini 20 mln yevroga sotib olish huquqini ham qo‘lga kiritadi. Bu qiymat bonuslar hisobiga ortishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, «rossoneri» 20 yoshli o‘yinchi bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma tuzishga kelishib oldi. Yarimhimoyachining yillik maoshi 2,2 mln yevro bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Agar Tonali keyinchalik «Milan»dan boshqa klubga kamida 30 mln yevroga sotilsa, «Breshia» yana 10% ulush oladi.
63   
Добавить комментарий
Ваше имя: *