Goal24.uz » O'zbekiston » Tojikistonning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi Superliga klubiga o‘tdi

Tojikistonning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi Superliga klubiga o‘tdi

Автор: admin

Tojikiston milliy jamoasi hamda Dushanbening «Istiqlol» klubi yarimhimoyachisi Ehsoni Panjshanbe faoliyatini O‘zbekistonda davom ettiradi, deya yozmoqda dushanbeliklar klubi rasmiy sayti.
21 yoshli hujumkor yarimhimoyachi «Istiqlol»dan Namanganning «Navbahor» klubi safiga o‘tdi. Manbada keltirilishicha, «Navbahor» jamoasi «Istiqlol» klubiga Ehsoni Panjshanbe masalasida taklif bilan chiqqan, klub esa futbolchining o‘zini boshqa chempionatda sinab ko‘rish istagini inobatga olgan holda taklifga rozilik bergan.
Transfer borasida barcha hujjatlar rasmiylashtirilgach, Ehsoni Panjshanbe «Navbahor» klubi bilan 2022 yilning yakuniga qadar belgilangan shartnomaga imzo chekkan. 
Qayd etilishicha, Panjshanbe yangi klubi safiga 3 sentyabr kuni Toshkentda o‘tadigan O‘zbekiston hamda Tojikiston milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik bahsidan keyin borib qo‘shiladi. 
Ma’lumot uchun, 2016 yilda «Istiqlol» safida faoliyatini boshlagan Ehson o‘tgan vaqt davomida klubi safida bir necha marta Tojikiston chempioni va kubogi sohibi, 2017 yilda esa OFK Kubogi vitse-chempioniga aylangan. Panjshanbe 2018 yilgi mavsum yakunlariga binoan, Tojikistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 
Avvalroq, «Navbahor» safini tojikistonlik yarimhimoyachi Amirbek Jo‘raboyev tark etib, «Istiqlol» safiga borib qo‘shilgandi.
82   
Добавить комментарий
Ваше имя: *