Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » «Shtutgart» muxlislari Messining transferi uchun pul yig‘ishni boshlashdi

«Shtutgart» muxlislari Messining transferi uchun pul yig‘ishni boshlashdi

Автор: admin

Germaniyaning «Shtutgart» klubi muxlislari GoFoundMe platformasida «Barselona» hujumchisi Lionel Messining transferi uchun mablag‘ to‘plashni boshlashdi.

Muxlislar transferga 900 mln yevro kerak deb hisoblashmoqda. Hozircha 262 yevro yig‘ildi. Mablag‘ o‘z vaqtida yig‘ilmasa yoki Messi boshqa klubga o‘tib ketsa, muxlislar yig‘ilgan mablag‘ni xayriya tashkilotiga o‘tkazishadi.
Eslatib o‘tamiz, Messi «Barselona» rahbariyatiga jamoani tark etmoqchiligini aytgan. U 30 avgust kuni koronavirusga test topshirishga kelmadi. 33 yoshli argentinalik forvard uchun asosiy da’vogar «Manchester Siti» bo‘lib turibdi.
Kataloniya klubi hujumchining tovon pulini 700 mln yevro etib belgilagan.
77   
Добавить комментарий
Ваше имя: *