Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Marko Roys 7 oylik tanaffusdan keyin safga qaytdi

Marko Roys 7 oylik tanaffusdan keyin safga qaytdi

Автор: admin

Dortmundning «Borussiya» klubi sardori Marko Roys 7 oy davomida maydon tashqarisida qolib, nihoyat jarohatidan tiklanib safga qaytdi, deya xabar bermoqda Bild.
«7 oy o‘tib, yana futbol o‘ynay olishimdan juda ham xursandman. Jarohatimni davolab, hozirda o‘zimni yaxshi his qilayapman. O‘tgan haftada Dortmundga qaytdim va jamoam bilan mashg‘ulotlarni boshlab yubordim», - deydi Roys.
Manbaning yozishicha, Roys 14 sentyabr kuni Germaniya kubogi doirasidagi «Duysburg»ga qarshi o‘yinda Dortmund klubi safida maydonga tushishi mumkin.
«Markoni mashg‘ulotlarda kuzatdim, u o‘zini yaxshi taraflama ko‘rsatmoqda. Jismoniy holati ham ancha yaxshi, u kuchli ko‘rindi», deydi klub sport direktori Mixael Sork.
Ma’lumot uchun, Roys o‘tgan mavsumda jamoasi safida Bundeslida 19 o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishgandi. Biroq jarohati bois mavsumni erta yakunlagandi.
69   
Добавить комментарий
Ваше имя: *