Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Arsenal»ning sobiq futbolchisi: «Davri o‘tgan Messini 500 mlnga sotib olish – katta tavakkalchilik»

«Arsenal»ning sobiq futbolchisi: «Davri o‘tgan Messini 500 mlnga sotib olish – katta tavakkalchilik»

Автор: admin

«Arsenal»ning sobiq o‘yinchisi, hozirda futbol ekspert bo‘lib ishlayotgan Pol Merson «Barselona»ni tark etishni maqsad qilgan argentinalik hujumchi Lionel Messi haqida gapirdi.
«Lionel Messi endi dunyoning eng yaxshi futbolchisi emas. Faoliyati yakunlanib borayotgan o‘yinchi uchun 500 mln yevro to‘lash kerakmi? Meni xato gapiryapti demang. Messi sayyoramizdagi eng buyuk futbolchi edi, ammo zamon o‘zgarib bormoqda. U bilan shartnoma imzolash uchun buncha pul to‘lash – katta tavakkalchilik. Uning eng yaxshi davrlari ortda qoldi. 
Agar u haqiqatan ham o‘zini boshqa ligada sinab ko‘rmoqchi bo‘lsa, bu yaxshi. Ammo u keyinchalik maoshi qisqarib borishiga ham ko‘nikishi kerak. U allaqachon dunyoning eng boy sportchilaridan biriga aylangan, Leo pulga muhtoj emas», – deya Mersonning so‘zlarini keltiradi Daily Mail.
66   
Добавить комментарий
Ваше имя: *