Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Kay “Chelsi”ga o‘tadi

Leverkuzenning “Bayer” jamoasi yarim himoyachisi Kay Xaverts katta ehtimol bilan “Chelsi” jamoasi futbolchisiga aylanadi.
“Bild” nashrining ma’lum qilishicha, Kay klub futbolchilari singari mavsum oldi tibbiy ko‘rikdan o‘tgani yo‘q. Shunchaki,COVID -19 uchun test topshirdi. Bu test unga terma jamoada to‘p surish uchun kerak bo‘ladi.
Manbaning ma’lum qilishicha, yarim himoyachi allaqachon London safariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ingliz nashrlari esa, “Chelsi” “Bayer” bilan Kayning transfer summasini kelishib olgani haqida ma’lumot tarqatmoqda. Unga ko‘ra, “aristokratlar” nemis futbolchi uchun avvaliga 70 million yevro va turli bonuslar tariqasida yana 25 million yevro sarf etadi.
Sulsherga "yangi qon" kerak

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi ustozi Ole-Gunnar Sulsher transfer oynasi yopilguniga qadar yana bir nechta futbolchilar bilan shartnoma imzolamoqchi.
“The Times”ning ma’lum qilishicha, norvegiyalik mutaxassis markaziy himoyachi, o‘ng qanot yarim himoyachisi va markaziy hujumchi sotib olishni istamoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, klub allaqachon “Ayaks” bilan Doni Van De Bek borasida kelishuvga erishan. Endi, yuqorida zikr qilingan pozisiyalarga futbolchi harid qilish uchun muzokaralar boshlanadi.
Ayni damda, jamoa nishonida “Yuventus” yarim himoyachisi Duglas Kosta mavjud.
“Lester”dan yurish

Angliyaning “Lester” jamoasi klubni tark etgan Ben Chiluellning o‘rnini to‘ldirish maqsadida yangi himoyachi izlashda davom etmoqda.
“The Sun” nashrining ma’lum qilishicha, klub nishonida “Fulhem” fulbeki Jo Brayton va “Atalanta” qanot himoyachisi Robin Gosenslar mavjud.
Manbaning ma’lum qilishicha, “tulkilar” tez orada muzokaralarga kirishadi.
Grey Joze nishonida

“Lester” jamoasi hujumkor futbolchisi Demerey Grey faoliyatini Londonda davom ettirishi mumkin.
“The Sun” nashrining ma’lum qilishicha, 24 yoshli futbolchi bilan transfer borasida shaxsan Joze Mourinyoning o‘zi suhbatlashgan va kelajak rejalari bilan o‘rtoqlashgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, Joze Greyni kelasi mavsumda “Tottenhem”ning hujum chizig‘ini kuchaytirishidan umidvor.
Ayni damda, transfermarket portali “tulkilar” futbolchisini 14,4 million yevroga baholamoqda.
“Chelsi” darvozabon izlamoqda

Londonning “Chelsi” klubi Kepa Arrisabalaganing o‘rnini egallashga qodir darvozabon izlamoqda.
“The Sun” nashri ma’lum qilishicha, klub nishonida “Renn” jamoasi kipperi Eduard Mendi turibdi. Tan olish lozim, Mendi ortda qolgan mavsumni juda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazdi va uning jamoasi YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Chelsi” 28 yoshli darvozabon uchun 15 million yevro taklif qilmoqchi.
181   
Добавить комментарий
Ваше имя: *