Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barsa»ning van de Bek transferidan voz kechgani sababi ma’lum bo‘ldi

«Barsa»ning van de Bek transferidan voz kechgani sababi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

«Barselona» klubi «Ayaks» yarimhimoyachisi Donni van de Bekning «Manchester Yunayted»ga o‘tayotganligiga befarq munosabatda bo‘ldi, deya yozadi Mundo Deportivo nashri.
Manbaning yozishicha, «Barselona» rahbariyati bosh murabbiy Ronald Kumanning so‘roviga ko‘ra, van de Bek transferi bo‘yicha «Ayaks»ga taklif bilan chiqqan, Amsterdam klubi esa o‘z futbolchisi uchun 55 million yevro so‘ragan. Kataloniyaliklar esa hozirgi moliyaviy holati sababli muzokarani to‘xtatishga qaror qilgan.
Shunga qaramay, yangi bosh murabbiy Ivan Rakitich va Arturo Vidal bilan xayrlashib, ularning o‘rniga yangi yarimhimoyachilar taklif etilishini istamoqda.
Avvalroq, «Manchester Yunayted» van de Bek transferi masalasida «Ayaks» bilan kelishuvga erishgani haqida xabar qilingandi. «MYU» Donni uchun 40 mln yevro transfer puli to‘lab, futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.
67   
Добавить комментарий
Ваше имя: *