Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Marca»: Messi «Barselona» safida La Ligada maydonga tushmasligini ma’lum qilgan

«Marca»: Messi «Barselona» safida La Ligada maydonga tushmasligini ma’lum qilgan

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Kataloniya klubini tark etish fikridan qaytgani yo‘q.
Marca nashrining xabar berishicha, argentinalik goleador bundan buyon o‘zini «Barselona» futbolchisi deb hisoblamasligini aytgan. Shu sababli Lionel «Barsa» qarorgohiga borish majburiyati yo‘qligiga ishonmoqda. Messi «Barselona» klubi rahbariyatiga jamoa safida La Ligada boshqa o‘ynamasligini ma’lum qilgan.
33 yoshli futbolchi «Barsa»ning bugungi mashg‘ulotini ham aniq o‘tkazib yuboradi. Messi bu taqlid noroziligiga barham bermasa, klub tomonidan 11 kundan 30 kungacha klub ixtiyorida bo‘lmaganligi sababli oylik maoshining 25 foizi miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.
Biroq Kataloniya klubi rahbarlari vaziyat yanada keskinlashmasligi uchun Messini jazolamoqchi emas. Rahbariyat vaziyat o‘nglanib, Messining klubda qolishiga hali ham umid qilmoqda.
Shunga qaramay, Messi o‘zining harakatlari jazolanishga loyiq deb hisoblamayapti, u klub oldidagi barcha majburiyatlaridan soqit bo‘lganligiga ishonmoqda.
155   

Комментарии
(1)

  1. Atxam 1 сентября 2020 15:22
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Bu xabarlar qaysi kun xabar soat? Qani yuqmi?
Добавить комментарий
Ваше имя: *