Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» Messiga klubni qanday tark etish yo‘lini ko‘rsatdi

«Barselona» Messiga klubni qanday tark etish yo‘lini ko‘rsatdi

Автор: admin

«Barselona» Lionel Messini osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas.
ESPN xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar rahbariyati futbolchining klubni tark etish uchun kelasi mavsumni futbolsiz o‘tkazishi va buni yozma ravishda tasdiqlashini yagona yo‘l deb hisoblamoqda.
«Barselona» Messi bilan imzolangan shartnomani tahlil qilib, shunday imkoniyat borligini aniqlagan. Messi undan foydalanishi uchun bir mavsum davomida maydonga umuman tushmasligi va maoshidan voz kechishi lozim. 
Ammo u baribir shartnomasi muddati tugaydigan 2021 yil yozigacha hech qaysi klub bilan yangi mehnat bitimini rasmiylashtirolmaydi.
71   
Добавить комментарий
Ваше имя: *