Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Lyov «Oltin to‘p»ga Levandovskidan munosibroq nomzodni aytdi

Lyov «Oltin to‘p»ga Levandovskidan munosibroq nomzodni aytdi

Автор: admin

Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov agar bu mavsumda «Oltin to‘p» mukofoti tiklansa, kimga ovoz berishini aytdi.

«Menda Robert Levandovskiga xech qanday xusumat yo‘q. U – yuqori darajadagi to‘purar. Ammo men uchun bu yil dunyoning eng yaxshi futbolchisi Manuel Noyer bo‘ldi. U Lissabondagi sakkizlik finalida nimalar qilganini ko‘ring.
Manuel faqat o‘zi bilan raqobatlasha oladi. U – aql bovar qilmaydigan posbon. «Lion» bilan o‘yinda 2-3ta muhim seyvlar qildi. U guyoki hamma joyda mavjuddek. 
«Bavariya»ning Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lishida uning xizmatlari katta. Albatta, Levandovski singari 15ta gol urish juda zo‘r. Ammo Noyer «Lion» va «PSJ»ga qarshi o‘yinlarda qiyin ahvolda edi. U yerda hisob 0:1 yoki 1:1 bo‘lishi ham mumkin edi», – deya Lyovning so‘zlarini keltiradi Kicker.
150   
Добавить комментарий
Ваше имя: *