Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Lionel Messi La Liga startidan keyin ham “Barselona”ga qaytmasligini ma’lum qildi

Lionel Messi La Liga startidan keyin ham “Barselona”ga qaytmasligini ma’lum qildi

Автор: admin

“Barselona” hujumchisi Lionel Messining katalon klubini tark etishi ehtimoli oshib bormoqda.
Marca’ning xabar qilishicha, argentinalik futbolchi endi o‘zini bu klubning a’zosi sifatida ko‘rmayapti. Shu sabab Messi “Barselona” yig‘iniga bormayapti. Leo La Liga mavsumining boshlanishida ham jamoaga qaytmasligini “Barselona” rahbariyatiga ma’lum qilgan.
Futbolchi “Barselona”ning 31-avgust kungi mashg‘ulotlarida qatnashmagan. Messining bu harakatlari to‘xtamaydigan bo‘lsa, hujumchiga jiddiy choralar ko‘rilishi mumkin: 11—30 kun oralig‘ida klub tasarrufiga kelmaslik oylik maoshning 25 foizigacha bo‘lgan miqdordagi jarimaga sabab bo‘ladi.
Biroq, ayni damda “Barselona” rahbariyati Messini yana ham g‘azablantirmaslik uchun jarima belgilamoqchi emas. Ularda vaziyat o‘zgarishi va Messi klubda qolishga qaror qilishiga umid bor.
Avvalroq La Liga Messining shartnomasini 700 million yevro tovon puli to‘lamasdan bekor qilib bo‘lmasligini ma’lum qilgandi.
52   
Добавить комментарий
Ваше имя: *