Goal24.uz » O'zbekiston » Akbar Ismatullayev «Buriram Yunayted»ga o‘tdi

Akbar Ismatullayev «Buriram Yunayted»ga o‘tdi

Автор: admin

Uzoq muzokaralardan keyin Bekobodning «Metallurg» klubi yarimhimoyachisi Akbar Ismatullayev faoliyatida ilk marta legionerga aylandi.
«Paxtakor» klubi tarbiyalanuvchisi sanalmish 28 yoshli futbolchi Tailandning «Buriram Yunayted» klubi safiga borib qo‘shilgan. Tailandliklar o‘zbekistonlik futbolchi transferi uchun Bekobod klubiga ma’lum miqdordagi transfer to‘lovini amalga oshirgan. Ismatullayev yangi klubi safida 55-raqamni tanladi.
Aslida futbolchi 2019 yilgi mavsum yakunida Tailand jamoasi safiga borib qo‘shilishi kerak edi, ammo muzokaralar ijobiy yakunlanmagani bois Ismatullayev yana ortga qaytgandi. Bu safar futbolchi tailandliklar bilan kelishuvga erishgan.
Ma’lumot uchun, Tailand chempionati o‘yinlari 4-turdan keyin pandemiya sababli to‘xtatib qo‘yilgan edi. «Buriram Yunayted» klubi mamlakatning ko‘p karra chempioni sanaladi.
Akbardan tashqari o‘zbekistonlik yana bir yarimhimoyachi Sardor Mirzayev yil boshida Tailandning «Muongtong Yunayted» klubi safiga o‘tgandi.
48   
Добавить комментарий
Ваше имя: *