Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Emilio nishonda

Londonning “Arsenal” jamoasi darvozaboni Emilio Martines faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.
“Bild” nashrining ma’lum qilishicha, Nyubelning “Bavariya” jamoasiga o‘tishi “Shalke” jamoasida darvozabonlar borasida muammoning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Manbaning ma’lum qilishicha, nemis klubi “Arsenal”ga Martines uchun 25 million yevro taklif qiladi.
Neymar qoladi

Parijning PSJ klubi hujumchisi Neymar o‘z faoliyatini boshqa klubda davom ettirmoqchi emas.
Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, braziliyalik futbolchi ayni damda juda baxtli va klub tarixidan o‘rin egallamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Neymarning “Barselona”ga qaytishi borasida mish-mishlar yoz boshida avj olgan edi.
Traore “Liverpul”da?!

Angliyaning “Liverpul” jamoasi yozda o‘z safini Adama Traore bilan kuchaytirib olishni reja qilgan.
“The Sun” nashrining ma’lum qilishicha, agar “Liverpul”ni qo‘lga kirita olmasa, bor e’tiborini “Uotfurd” futbolchisi Ismail Sarrga qaratadi.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Liverpul” sengallik futbolchini qo‘lga kiritish uchun 40 million yevrodan voz kechishga tayyor.
O‘zilga ajoyib taklif kelib tushdi

Londonning “Arsenal” jamoasi yarim himoyachisi Mesut O‘zil faoliyatini BAA klublaridan birida davom ettirishi mumkin.
Fanatic nashrining ma’lum qilishicha, 31 yoshli futbolchi BAA klublaridan biridan ajoyib taklif olgan.
Manbanining ma’lum qilishicha, futbolchiga yiliga 20 million yevrolik maosh ko‘rsatilgan ikki yillik shartnoma taklif etilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zilva “Arsenal” o‘rtasidagishartnoma 2021-yildao‘zyakunigayetadi.
Rakitich qaytadi

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Ivan Rakitich “Sevilya” jamoasiga o‘tishi mumkin.
Fabriso Romano ma’lum qilishicha, 32 yoshli futbolchi Andalussiya klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.
Jurnalistning ma’lum qilishicha, Ivan allaqachon shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan va tez orada ushbu transfer rasman e’lon qilinadi.
155   
Добавить комментарий
Ваше имя: *