Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Vidal «Barselona» bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha muzokara boshladi

Vidal «Barselona» bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha muzokara boshladi

Автор: admin

«Barselona» yarim himoyachisi Arturo Vidal jamoani tark etishni istamoqda. Chililik futbolchi "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha muzokara boshladi. Bu haqda "Sky Sport Italia" xabar tarqatdi.

Arturoning "Barsa" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga yetadi, ammo Vidal mazkur yozgi transfer paytida boshqa jamoaga o‘tmoqchi. Yarim himoyachining xizmatlariga «Inter» qiziqish bildirmoqda.

33 yoshli futbolchi yakunlangan mavsumda La liga doirasida 33ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.
Manba: sport24.ru
45   
Добавить комментарий
Ваше имя: *