Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barselona” Messiga ahmoqona shart qo‘ydi

“Barselona” Messiga ahmoqona shart qo‘ydi

Автор: admin

Bunaqasi bo‘lmagan!
“Barselona” rahbariyati Messi qaysi holatda klubdan qonunan ketishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi.
Jozep Bartomeu boshchiligidagi kataloniyaliklar rahbariyati talabi bo‘yicha Messi bir yillik maoshidan voz kechishi va yangi mavsumda birorta jamoa bilan shartnoma imzolamasligi, kelasi yil yozigacha futbol o‘ynamasligi lozim ekan. To‘g‘risi, bu talab ko‘pchilik uchun ahmoqona tuyulmoqda.
Messi manfaatini himoya qilayotgan yuristlar futbolchi shartnomadagi har mavsum so‘ngida jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi banddan foydalanib, byurofaks orqali xabar berganining o‘zida shartnoma bir tomonlama bekor bo‘lganini, hozir Leo jamoasiz ekanini ta’kidlamoqda.
Bu mojaro o‘z o‘zidan echim topadiganga o‘xshamaydi. Agar shu hafta bo‘ladigan uchrashuvda Leoning otasi va agenti Xorxe Messi klub prezidenti Josep Bartomeu bilan kelishuvga erisha olmasa, bu ish sud instantsiyalari orqali hal qilinadi.
67   
Добавить комментарий
Ваше имя: *