Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kumanning «Barselona»dagi dastlabki mashg‘ulotini Messi va Rakitich o‘tkazib yubordi

Kumanning «Barselona»dagi dastlabki mashg‘ulotini Messi va Rakitich o‘tkazib yubordi

Автор: admin

«Barselona» yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman 31 avgust, dushanba kuni 19 futbolchi ishtirokida jamoadagi dastlabki mashg‘ulotini o‘tkazdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ushbu mashg‘ulotlarni xavbek Ivan Rakitich va hujumchi Lionel Messi o‘tkazib yuborgan. Klub tomonidan qayd etilishicha, xorvatiyalik futbolchi klub ruxsati bilan mashg‘ulotda qatnashmagan. Sababi Rakitich «Sevilya» klubiga o‘tmoqda. Messiing yo‘qligi haqida esa rasmiy ma’lumot berilmagan.
Avvalroq, Messi o‘zini klub a’zosi sifatida hisoblamasligini va yangi mavsumni «Manchester Siti»da boshlamoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
70   
Добавить комментарий
Ваше имя: *