Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Manba: Van de Bek «MYU» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Uning jamoaga qachon qo‘shilishi ma’lum

Manba: Van de Bek «MYU» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Uning jamoaga qachon qo‘shilishi ma’lum

Автор: admin

«Ayaks» yarimhimoyachisi Donni van de Bek «Manchester Yunayted» uchun tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi, deb xabar beradi Sky Sports.
Manbaga ko‘ra, kelishuv yaqin kunlarda yakunlanishi kutilmoqda.
23 yoshli futbolchi Angliyaga Niderlandiya milliy jamoasining Millatlar Ligasi doirasida Polsha (4 sentyabr) va Italiyaga (7 sentyabr) qarshi o‘yinlaridan so‘ng keladi.
Agar niderlandiyalik yarimhimoyachi kamida Italiyaga qarshi o‘yingacha «Manchester Yunayted» futbolchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, Buyuk Britaniyaga kelganidan keyin 14 kunlik karantinda bo‘lishi shart emas. Milliy jamoalarda o‘ynaydigan Premer-liga futbolchilari uchun karantin istisno qilinadi.
Avvalroq «MYU» van de Bek bilan 5 yillik shartnoma imzolashi, transfer uchun 40 mln yevro to‘lashi haqida aytilgandi. Bu qiymat bonuslar hisobiga ortishi ham mumkin.
95   
Добавить комментарий
Ваше имя: *