Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Ibrahimovich «Milan»da yangi raqam tanladi

Ibrahimovich «Milan»da yangi raqam tanladi

Автор: admin

«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich "rossoneri" bilan shartnoma imzolagani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«O‘zimni hamisha «Milan»ning bir qismi deb hisoblaganman, hattoki boshqa jamoalarda o‘ynaganimda ham. «Rossoneri» doimo menga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lgan. «Milan»ga ilk marta kelganimda o‘zimni baxtli his qilganman. O‘zimni o‘z uyimdagidek his qilaman.

Men 11-raqamli futbolkani tanladim. Chunki «Milan» muxlislari meni shu raqamli orqali tanishgan. 21-raqamda o‘zimni avvalgi Ibrahimovichdek his qilmagandim. Avvalgidek Zlatan bo‘lish uchun men unga ushbu raqamni tanladim.

Men bu yerga «Milan»ni o‘ziga munosib darajaga ko‘tarish uchun keldim. Oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Biz bor kuchimiz bilan ishlashimiz kerak, lekin so‘nggi 6 oy shuni ko‘rsatdiki, o‘z maqsadimizga erishish uchun «Milan»da barcha xislatlar bor.

Ammo hech qanday sovrinni qo‘lga kiritmaganimizni unutmaslik kerak. Men uchun eng muhimi — g‘alaba qozonish. Ushbu mavsumda biz sovrin qo‘lga kiritishimiz kerak», — dedi Ibrahimovich.
Manba: sport24.ru
98   
Добавить комментарий
Ваше имя: *