Goal24.uz » O'zbekiston » Diyor Imomxo‘jayev PFLdagi faoliyati haqidagi gap so‘zlarga munosabat bildirdi

Diyor Imomxo‘jayev PFLdagi faoliyati haqidagi gap so‘zlarga munosabat bildirdi

Автор: admin

PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev o‘zi haqidagi gap-so‘zlarga javob qaytirib, telegramdagi kanalida post qoldirdi.
«Kecha oqshom o‘zim haqimdagi xabarlarni maroq bilan o‘qib chiqdim. Ayrimlar uchun bayram bayramdek bo‘lsin uchun post qoldirmadim.  
O‘z vazifamni tark etsam, o‘quvchilarimga albatta xabar beraman. Shu vaqtgacha ulardan hech narsa yashirmaganman, bundan keyin ham shunday bo‘ladi, biz berkinib o‘rganmaganmiz. Shu vaqtgacha aytganlarimdan va qilganlarimdan afsusda emasman. TV oqali meni oilam tomosha qiladi, ularning qarshisida esa hech qachon yolg‘on gapirmayman.
Hozircha «Navbahor» — «Paxtakor» uchrashuvi o‘z vaqtida o‘tayotganidan xursandman. Mana shunday o‘yinlar, qarama-qarshiliklar aslida milliy jamoani kuchli qiladi. Biz kuchli milliy jamoa uchun chempionatni qurbon qilish yo‘lidan emas, kuchli chempionat orqali kuchli milliy jamoaga asos solish yo‘lidan yuramiz. Bu yo‘ldagi qarama-qarshiliklardan esa qo‘rqmaymiz. 
Barchangizni istiqlol bayrami bilan muborakbod etaman. Erkimiz, g‘ururimiz va orimiz doim o‘zimiz bilan bo‘lsin!», - deya yozadi Imomxo‘jayev.
Ma’lumot uchun, avvalroq O‘zbekiston milliy jamoasining uzoq tanaffusdan keyingi 3 sentyabr kungi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan Superliga ikkinchi davrasi 14-turidagi «Navbahor» - «Paxtakor» bahsi PFL tomonidan 1 sentyabr kuni o‘tkazilayotgani milliy jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramovning e’tiroziga sabab bo‘lgani haqida xabar bergandik.
Shuningdek, PFL bosh direktori vazifasini bajarayotgan Diyor Imomxo‘jayev tashkilotdagi avvalgi lavozimida qolishi, bosh direktorlikka esa shu kungacha Olmaliqning OKMK klubi rahbariyatida faoliyat yuritayotgan Murod Aliyev nomzodi PFL rahbarligiga tavsiya qilinganligi haqida xabarlar tarqalgandi.
136   
Добавить комментарий
Ваше имя: *