Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Van der Vart: «MYU» van de Bek kabi futbolchiga muhtoj»

Van der Vart: «MYU» van de Bek kabi futbolchiga muhtoj»

Автор: admin

«Tottenhem» va «Real» klublarining sobiq futbolchisi Rafael van der Vart «Ayaks» xavbeki Donni van de Bekning «Manchester Yunayted»ga o‘tayotganiga o‘z fikrini bildirdi.
«MYU» bunday futbolchiga muhtoj. Ushbu transfer biz niderlandiyaliklar uchun ham juda yaxshi. Endi hammamiz uni diqqat bilan kuzatib boramiz. Van de Bek bu transferga loyiq», – deya Rafaelning so‘zlarini keltiradi UTDReport.
Avvalroq «MYU» 23 yoshli yarimhimoyachini 40 mln yevroga sotib olayotgani va futbolchining tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgani haqida xabar berilgandi. 
Ma’lumot o‘rnida, van de Bek o‘tgan mavsumda Niderlandiya chempionatida 23ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urgan va 6ta golga assistentlik qilgan. Uning amsterdamliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozigacha mo‘ljallangan edi.
104   
Добавить комментарий
Ваше имя: *