Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barsa” ikki yulduzini ikki superklubga joylayapti

“Barsa” ikki yulduzini ikki superklubga joylayapti

Автор: admin

Ular tezroq ketishi kerak
“Barselona” klubni tark etishi kerak bo‘lgan ikki futbolchisi – Luis Suares va Arturo Vidalni Italining grand klublariga joylashga harakat qilyapti.
Kataloniyaliklar 33 yoshli hujumchini “Yuventus”ga o‘tkazmoqchi. Suaresning o‘zi ham Krishtianu Ronaldu va Paulo Dibala bilan birga hujum uchligida o‘ynashga rozi bo‘lgan.
Chililik yarim himoyachi esa qadrdon ustozi Antoni Konte jamoasi “Inter”ga jo‘natiladi. Vidalning o‘zi sobiq jamoadoshi Andrea Pirlo boshqarayotgan “Yuventus”dan ham taklif kutmoqda.
93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *