Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» Rakitich ketganini tasdiqladi

«Barselona» Rakitich ketganini tasdiqladi

Автор: admin

«Barselona» xorvatiyalik yarimhimoyachisi Ivan Rakitich «Sevilya»ga yo‘l olganini rasman ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, transfer qiymati 10,5 mln yevroni tashkil etadi, shundan 1,5 mln yevro to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lab berilgan, yana 9 million yevro bonuslar ko‘rinishida berilishi mumkin. 2 sentyabr kuni klub xayrlashuv marosimini o‘tkazadi.
«Barselona» Rakitichga minnatdorchilik bildiradi va unga kelajakda muvaffaqiyat tilaydi», deyiladi klub rasmiy sayti xabarida.
Xorvatiyalik futbolchi sobiq jamoasi bilan 4 yillik shartnoma tuzadi.
Rakitich 2011 yildan 2014 yilgacha «Sevilya» safida to‘p surgan, ungacha esa ko‘p yillar davomida «Shalke» va «Bazel» klublari sharafini himoya qilgan.
2019/2020 yilgi mavsumda Rakitich barcha turnirlar doirasida 42 o‘yinda maydonga tushib, bir gol urdi va besh golga uzatma berdi.
52   
Добавить комментарий
Ваше имя: *