Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real» ushbu transfer paytida qancha daromad topishi ma’lum bo‘ldi

«Real» ushbu transfer paytida qancha daromad topishi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

«Real» ushbu transfer paytida Zidanning rejasiga kirmagan bir qancha futbolchilarni sotishga qaror qilgan. "Marca" tarqatgan xabarga ko‘ra, «qaymoqranglilar» mazkur transferlar orqali 83,5 million yevro ishlab topishi mumkin.

«Sevilya» 13,5 million yevro evaziga Oskar Rodrigesni sotib olgan bo‘lsa, Braim Dias ijara asosida «Milan»ga o‘tishga yaqin turibdi. Xames Rodriges esa Karlo Anchelotti boshqaruvidagi «Everton»ga o‘tishi kutilmoqda.

Hozirgi kunda Mariano Diasni «Benfika»ga ijaraga berish mavzusi ko‘tarilmoqda. Bu borada klublar o‘zaro kelishib olishdi, ammo dominikanlik hujumchi Lissabonga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lmayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ashraf Hakimiy 40 million yevro evaziga «Inter»ga, Xavi Sanches esa 3,5 million yevro evaziga «Valyadolid»ga transfer qilingan edi.
Manba: sport.ua
65   
Добавить комментарий
Ваше имя: *