Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Luis Suares kamroq maosh bilan «Yuventus»ga o‘tishga rozi bo‘ldi

Luis Suares kamroq maosh bilan «Yuventus»ga o‘tishga rozi bo‘ldi

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Luis Suares faoliyatini «Yuventus»da davom ettirishga yaqin turibdi.

"La Gazzetta dello Sport" tarqatgan xabarga ko‘ra, turinliklar vise-prezidenti Pavel Nedved o‘tgan haftada urugvaylik futbolchining agentlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ular o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuvda Suares «keksa sinyora» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Kelishuvga ko‘ra, Luis Turinda 10 million yevro miqdorida maosh oladi. Uning "Barsa"dagi yillik maoshi taxminan 14-15 million yevroga teng.

Ma’lumotlarga qaraganda, "ko‘k-anorranglilar" Suaresni bepul qo‘yib yuborishga tayyor. Uning "Barselona" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar tuzilgan.
Manba: soccernews.ru
70   
Добавить комментарий
Ваше имя: *