Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. «Paxtakor» Namanganda ochko yo‘qotdi

Superliga. «Paxtakor» Namanganda ochko yo‘qotdi

Автор: admin

Superliga ikkinchi davrasining dastlabki o‘yini 14-tur doirasida Namanganda o‘tdi. «Navbahor» o‘z maydonida amaldagi chempion «Paxtakor»ni qabul qildi.
Bu klublar o‘rtasidagi Superliga 1-turidagi uchrashuv katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgani bois, «Navbahor» Toshkentdagi alamli mag‘lubiyat (1:2) uchun «revansh» olish uchun maydonga tushgandi.
Uchrashuvning 12-daqiqasida Igor Sergeyev ajoyib va aniq zarbasi bilan hisobni ochgan bo‘lsa, 73-daqiqada Aziz Turg‘unboyev chiroyli goli bilan javob qaytardi – 1:1.
Ushbu durangdan keyin «Paxtakor» 35 ochko bilan 1-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Navbahor» 20 ochko bilan 7-o‘rinda qoldi.
Superliga. 14-tur
1 sentyabr (seshanba)
«Navbahor» - «Paxtakor» - 1:1

Namangan. «Markaziy» stadion
Bosh hakam: Temur To‘xtasinov
Gollar: Aziz Turg‘unboyev 73 - Igor Sergeyev 12.
«Navbahor»: 1. O‘tkir Yusupov, 5. G‘iyos Komilov, 9. Ivan Solovyov (53.Akram Bahritdinov, 83), 10.Aziz Turg‘unboyev, 18.Sardor Telyakov, 20. Davron Hoshimov, 22.Igor Golban, 33.Tohir Shamsitdinov (28.Xurshid Muxtorov, 46), 70. Abbos G‘ulomov (11. Islom Isoqjonov, 46), 72.Pavel Golishev (88.Ruslan Bolov, 67), 95.Zabihullo O‘rinboyev (53.Akram Bahritdinov, 83).
«Paxtakor»: 25. Eldorbek Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Anzur Ismoilov, 9. Jaloliddin Masharipov, 10. Dragan Cheran, 11. Igor Sergeyev (77.Eren Derdiyo‘q, 80), 15. Yegor Krimets, 17. Doston Hamdamov (99.Javohir Sidiqov, 74), 20.Odil Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 34.Farrux Sayfiyev.
68   
Добавить комментарий
Ваше имя: *