Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » PSJ Luis Suares uchun kurashga qo‘shildi. Neymar transferni amalga oshirishda Parij klubiga yordam beradi

PSJ Luis Suares uchun kurashga qo‘shildi. Neymar transferni amalga oshirishda Parij klubiga yordam beradi

Автор: admin

PSJ klubi “Barselona” hujumchisi Luis Suares uchun kurashga qo‘shildi.
Parijliklar 33 yoshli futbolchiga so‘rov yuborgan, deya xabar qilmoqda jurnalist Tankredi Palmeri. Ta’kidlanishicha, PSJ hujumchisi Neymar “Barselona”dagi sobiq jamoadoshini Fransiyaga olib kelishda parijliklarga yordam beradi.
Bundan tashqari, Parij klubi urugvaylik futbolchini yuqori maosh (yiliga 20 million yevro) taklif qilgan holda o‘ziga jalb qilmoqchi.
Avvalroq Suares “Yuventus” bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgani va Turin klubida yiliga 10 million yevro maosh olishi xabar qilingandi.
“Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman Suaresni o‘z rejalariga kiritmayapti. Shu sabab Luis amaldagi shartnomasi tugashiga bir yil qolganida klubni tekinga tark etishi mumkin.
Suares 2019/20-yilgi mavsumda “ko‘k-anorranglilar” safida 36 o‘yin o‘tkazib, 21 gol urdi va 12 ta golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchi 2014-yildan buyon “Barselona”da to‘p surib keladi.
63   
Добавить комментарий
Ваше имя: *