Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Manba: Van de Bek sobiq jamoadoshi hurmatidan «MYU»da 34-raqamda o‘ynaydi

Manba: Van de Bek sobiq jamoadoshi hurmatidan «MYU»da 34-raqamda o‘ynaydi

Автор: admin

«Ayaks»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tishga yaqin turgan yarimhimoyachi Donni van de Bek yangi jamoasida qaysi raqamda harakat qilishi ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi Daily Mail.
Manbaga ko‘ra, 23 yoshli xavbek «Ayaks»da o‘ynagan sobiq jamoadoshi Abdulhaq Nuri hurmati yuzasidan 34-raqamni tanlaydi. Abdulhaq amsterdamliklar safida aynan shu raqam ostida to‘p tepgan.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning iyulida «Ayaks»ning «Verder»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Nuri maydonda hushidan ketgan edi. Ammo yarimhimoyachiga maydonda vaqtida yetarli yordam ko‘rsatilmaydi. Uni vertolyotda kasalxonaga olib borishadi. Shifokorlar unda og‘ir aritmiya – yurak urish tezligining keskin o‘zgarishini aniqlashadi. 
O‘shanda shifokorlar ko‘ygan tashxisga ko‘ra, futbolchi hech qachon yurolmaydi, gapira olmaydi, odamlarni tanimaydi va hatta ovqat yeya olmaydi.
2018 yilning iyul oyida Nuri ko‘zlarini ochdi. 2020 yil mart oyida esa Nurining akasi sobiq futbolchining komadan chiqqanini ma’lum qildi.
71   
Добавить комментарий
Ваше имя: *